"Kanonirlar" "Manchester Yunayted" vingeriga ko'z tikishdi.
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford "Arsenal"ga o'tish borasida muzokaralar olib bormoqda. "Kanonirlar" mankunianliklar klubi futbolchisi uchun jiddiy rejalar tuzishgan.
Manbaga ko'ra, Markus "Arsenal"ning yozdagi asosiy transfer maqsadi hisoblanadi. “Kanonirlar” vaziyatdan unumli foydalanib, iqtidorli vinger faoliyatini jonlantirishga tayyor.
Britaniyalik jurnalistlar Erik ten Xaag Markusni "Old Trafford"da saqlamasligiga va unga osonlikcha eshikni ko'rsatishiga amin.