Paulo Dibala keyingi yozgi transfer oynasida boshqa jamoaga o'tishi mumkin.
ESPN xabariga ko'ra, argentinalik hujumchiga Angliyaning ikki klubi - "Manchester Yunayted" va "Arsenal" qiziqmoqda.
Joriy mavsumda Dibala “keksa sinyora” safida 33 ta o‘yin o‘tkazib, barcha turnirlarda 13 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o'tamiz, yozda erkin agent maqomiga ega bo'ladigan "Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala Milanning "Inter" klubiga qiziqish bildirgan edi.