Karlo tirik futbol afsonasi.
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Evropaning eng kuchli 5 chempionligini qo'lga kiritgan tarixdagi birinchi murabbiydir.
Bugun Anchelotti muddatidan avval "qaymoqranglilar" bilan Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi. U avval Fransiya 1-ligasi, Germaniya Bundesligasi, Italiya A seriyasi va Angliya premer-ligasida g‘olib chiqqan. Anchelotti "PSJ", "Bavariya", "Milan" va "Chelsi" bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.
Qo'shimcha qilamizki, ushbu La Liga chempionligi allaqachon "Real Madrid" tarixidagi 35-chi bo'ldi.