La Liga gigantlaridan biri ham portugaliyalikning transferiga qarshi emas.
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"ga qaytishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, klub ham portugaliyalikning qaytishiga qarshi emas. Madridda ular Krishtianu o'z gollari bilan jamoaga yordam bera olishiga va baribir klubga foydali bo'lishi mumkinligiga ishonishadi.
37 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ronaldu o'z hisobidan 23 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Krishtianu Ronaldu va mankunianliklar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchining transfer qiymati 35 million yevro (Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra).