Kataloniyaliklar futbolchi uchun La Liganing boshqa klubi bilan raqobatlashish niyatida.
"Barselona" "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, 31 yoshli chap qanot himoyachisi keyingi transfer oynasida Kataloniya poytaxtiga ko'chib o'tishi mumkin. Shu bilan birga, "Barselona"ning qisqa ro'yxatiga ushbu pozitsiya uchun yana 2-3 nafar futbolchi kiritilgan.
Oldinroq "Atletiko Madrid"ga Markos Alonso qiziqayotgani xabar qilingandi. Ispaniyalik futbolchining "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan.