"Real Madrid" prezidenti o'z klubidan futbolchi tanladi.
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres bo'lajak "Oltin to'p" sohibi haqida gapirdi. Uning fikricha, mukofot "qaymoqranglilar" hujumchisi Karim Benzemaga berilishi kerak.
“Klubga kelganimdan beri Karim aql bovar qilmaydigan natijalarni ko'rsatdi. Bu yil ham u ajoyib - menimcha, u "Oltin to'p"ni olishi kerak. Uni hech kim to‘xtata olmaydi”, — dedi Peres Movistar+ nashriga.
34 yoshli Benzema joriy mavsumda 42 o'yinda maydonga tushib, 42 gol va 13 golga assistentlik qilgan. Fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023-yilning 30-iyuniga qadar amal qiladi.