Klub futbolchidan qutulish uchun pul to'lashga tayyor.
"Manchester Yunayted" yozda futbolchini jamoani tark etishi uchun Antoni Marsiyalga 12 million funt to'lashga tayyor. Futbolchi ayni damda "Sevilya"da ijara asosida o'ynamoqda.
Manbaning xabar berishicha, mankunianliklar shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun futbolchini boyitishga tayyor. Marsiyalning MYU bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Frantsiyalik futbolchi jarohati tufayli kam o'ynayapti. Oldinroq ispan klubi futbolchining ijara muddatini uzaytirish niyatida emasligi haqida xabar berilgandi.