Goal24.uz » Chempionlar ligasi » OAV: YeCHL va Yevropa ligasi finalining yangi sanalari e’lon qilindi

OAV: YeCHL va Yevropa ligasi finalining yangi sanalari e’lon qilindi

Автор: admin


Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining final uchrashuvlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi, deya xabar bermoqda «Marca» nashri.
Manbaga binoan, UEFA, federatsiya va futbolchilar vakillari joriy mavsumdagi yevrokuboklarning finalini iyun oyining so‘nggi haftasida o‘tkazish qaroriga kelishdi. 
«Yevro-2020 turniri 2021 yilga ko‘chirilgani sababli mavsum yakunida turnirlarni yakunlash uchun bo‘sh oy yuzaga keldi. Shu bois Yevropa ligasi finalini 24 iyunda, Chempionlar ligasi hal qiluvchi bahsi esa 27 iyunda tashkil etilishi rejalashtirilmoqda», - deyiladi xabarda.
Futbol o‘yinlari aprel oyining o‘rtalaridan yana odatdagidek davom ettirilishi taxmin qilingan.
Endi UEFA uchun asosiy muammo 2021 yilning iyun oyiga belgilangan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining yangi sanasini belgilash qoldi. Unda 24 klub ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Теги: Yevropa Chempion
143     

Комментарии
(1)

  1. Ilhom 30 марта 2020 14:11
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Iloji bolsa tez boshlansa zor bolar edi
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Ваш e-mail: *