Hammasi sanksiyalar tufayli.
"Chelsi" yarim himoyachisi Meyson Maunt klubga nisbatan qo'llanilgan sanksiyalar tufayli jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaning qayd etishicha, joriy etilgan cheklovlar klubning futbolchilar bilan shartnoma tuzish va yangilashiga to'sqinlik qilmoqda. Mountni "Liverpul" va "Manchester Siti" kuzatib borishmoqda.
Mauntning "ko'klar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi. Agar shartnomani uzaytirishning iloji bo'lmasa, "Liverpul" va "Manchester Siti" qishki transferlar vaqtida futbolchini sotib olishga harakat qiladi.