"Manchester Yunayted" bitiruvchisi top-klublarning radarida.
Italiya grandi Jessi Lingardning transferiga qiziqish bildirmoqda. "Manchester Yunayted" yarim himoyachisiga "Yuventus" va "Milan" qiziqish bildirmoqda. Klub vakillari Jessining atrofidagilar bilan bog'lanishdi.
Lingard shu yozda erkin agentga aylanadi. Joriy mavsumda Jessi “Manchester Yunayted”ning zaxira futbolchisi hisoblanadi.
Angliyada "Vest Xem" Lingardga faol qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi ham o'z kuchini xorijiy ligada sinab ko'rishga moyil.