Bu eng yaxshi transfer bo'ladi.
Turinning "Yuventus" klubi "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Transfer eng yaqin transfer oynasida amalga oshiriladi.
Saloh va mersisaydliklar o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Misrlik futbolchi va klub hali yangi shartnoma borasida kelishib olishmagan. Avvalroq, OAVda futbolchining «PSJ»ga o'tish istagi borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.
Saloh joriy mavsumda 45 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi 30 ta gol va 14 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Avvalroq Muhammad A Seriyada o'ynab, "Fiorentina" va "Roma" klublarini himoya qilgan.