Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Arsenal" Lautaro Martines uchun qancha to'lashga tayyor

"Arsenal" Lautaro Martines uchun qancha to'lashga tayyor

Автор: admin


"Kanonirlar" jiddiy taklif tayyorlamoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, “Arsenal” “Inter” hujumchisi Lautaro Martines uchun taxminan 60 million yevro to‘lashga tayyor. "Kanonirlar" futbolchini yozda sotib olmoqchi.

Futbolchiga londonliklardan tashqari «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda. Xususan, avvalroq mankunianliklar Martinesni qo'shimcha to'lov evaziga Marsyalga almashish bo'yicha taklif tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shu tariqa, “qizil iblislar” futbolchining narxini tushirishga harakat qiladi.

Martines joriy mavsumda jamoasi safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi 3 ta golli uzatma va 21 ta gol muallifiga aylandi.

Martinesning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi. Portal Transfermarkt argentinalik futbolchining narxini 70 million yevroga baholamoqda.
53   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi