"Monegasklar" o'z futbolchisi uchun pul ishlab olmoqchi.
"Real" "Monako"dan Aurelien Chuamenining ehtimoliy transferi qanchaga tushishini bilib oldi, deb xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, monegasklar Fransiya terma jamoasi futbolchisi uchun 70 million yevro olmoqchi.
"Qirollik klubi" bunchalik ko'p to'lashga tayyor emas, ammo nashrning ta'kidlashicha, 50-60 million evrolik taklif "Monako"ga ma'qul kelishi mumkin.
Joriy mavsumda Chuameni Liga 1da 32 ta o‘yin o‘tkazdi: bitta gol va bitta golli uzatma.