Citizens muxlislari uchun yaxshi yangilik.
“Manchester Siti”ning o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uoker jarohatidan forig‘ bo‘ldi va Chempionlar ligasi 1/2 finalining “Real”ga qarshi javob uchrashuvida maydonga tushishga tayyor. Bu haqda «shaharliklar» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola malum qildi.
Uoker allaqachon umumiy guruh bilan shug'ullanmoqda. Gvardiola "Santyago Bernabeu"da Kaylga ishonishini ta'kidladi.
"Real Madrid" - "Manchester Siti" uchrashuvi ertaga kechqurun bo'lib o'tadi. Birinchi uchrashuv 4:3 hisobida “shaharliklar”ning g'alabasi bilan yakunlangan.