“Qizillar” “Vilyarreal”ni mag'lub etdi.
Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” Chempionlar ligasi finalida ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, bu mersisaydliklar uchun so‘nggi besh mavsumdagi uchinchi Chempionlar ligasi finalidir.
Avvalroq “Liverpul” finalda “Tottenxem”ni mag‘lub etgandi. Undan oldin Loris Kariusning unutilmas “spektakli” bilan Kievda “Real”dan mag'lubiyatga uchragandi.
2021/22 yilgi Chempionlar ligasi finalida “qizillar” yo “Real” yoki Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” bilan to'qnash keladi.