"Vilyarreal" Chempionlar ligasidan chiqib ketdi.
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Liverpul"ga qarshi javob o'yinidan so'ng intervyu berdi. "Vilyarreal" 2:0 hisobida oldinda bo'ldi, ammo ikkinchi bo'limda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Emeri shogirdlari Chempionlar ligasidan chiqib ketishdi.
“Haqiqiy imkoniyatni yo'qotib qo'ysangiz, bu hamma uchun qayg'ulidir. Biz baxtli bo'la olmaymiz. “Yuventus”, “Bavariya” bilan yaxshi o‘yinlar o‘tkazdik, ammo biz finalga chiqishni xohlagandik.
Ha, "Liverpul" finalda o'ynashga loyiq. Biroq birinchi bo'limda biz ham yaxshi jamoa ekanligimizni, imkoniyatlarimiz ham bo'lishi mumkinligini barchaga yaqqol ko'rsatdik. Ammo ularda ikkita o'yin farqi bor edi, - dedi Emeri.