Bernardeski Rim klubiga qiziq.
Turinning "Yuventus" klubi futbolchisi Federiko Bernardeski yozda jamoasini o'zgartiradi. 28 yoshli futbolchining shartnomasi muddati tugadi va u uzaytirilmaydi.
Jurnalist Nikolo Shiraning yozishicha, Federikoga "Latsio" qiziqish bildirmoqda. Rimliklar esa Bernardeskiga «Yuventus»da oladiganidan ancha kam maosh berishga tayyor.
Federiko Bernardeski joriy mavsumda barcha klub turnirlarida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.