Pol Fransiyaga qaytish niyatida.
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba faoliyatini "PSJ"da davom ettirmoqchi. Bu haqda fransuz matbuoti xabar bermoqda.
Pogba PSJ bilan shartnoma imzolash borasida muzokaralar olib bormoqda. Manbaga ko'ra, Pol "Park de Prens"ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, Pogba "Manchester Yunayted" bilan hamkorlikni uzaytirishdan bosh tortmoqda. U yozda “Old Trafford”ni tekinga tark etishi kerak.