Avvalroq “Real” va “Liverpul” Chempionlar ligasi finaliga yo‘l olgandi.
Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi jamoasi tuzildi. E'tibor bering, unga birdaniga besh nafar "Liverpul" futbolchisi tushdi.
Darvozabon: Tibo Kurtua (Real Madrid)
Himoyachilar: Kayl Uoker (“Manchester Siti”), Virjil van Deyk, Aleksandr-Arnold (“Liverpul”).
Yarim himoyachilar: Sadio Mane, Fabinyo (“Liverpul”), Frensis Koklen (“Vilyarreal”), Siyad Mahrez (“Manchester Siti”).
Hujumchilar: Luis Dias (“Liverpul”), Karim Benzema, Rodrigo (ikkalasi – “Real”).
Anchelotti boshchiligidagi "Real" va Klopp boshchiligidagi "Liverpul" Parijda Chempionlar ligasi finalida o'zaro to'qnash kelishadi. Ular avvalroq mos ravishda «Siti» va «Vilyarreal»ni turnirdan chiqarib yuborishgandi.