Futbolchining transferi mavsum yakunlanganidan keyin e'lon qilinadi.
“Chelsi” himoyachisi Antonio Ryudiger tez orada “Real” bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, tomonlar 29 yoshli germaniyalikning transferi va 2026 yilning yoziga qadar bo'lgan shartnomasi bo'yicha to'liq kelishib olishgan. Ushbu transfer mavsum yakunlanganidan keyin rasman e'lon qilinadi.
Shuningdek, futbolchi «qaymoqranglilar»ni tekinga olishi, chunki uning «ko'klar» bilan shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanishi qayd etilgan.
Joriy mavsumda Ryudiger 49 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.