Hammasi Ten Haagga bog'liq.
Krishtianu Ronaldu "Manchester Yunayted"da qoladi, biroq bir shart bilan. Caught Offside xabariga ko'ra, portugaliyalik to'purar Erik ten Xaag unga o'z loyihasida asosiy rolni berishiga umid qilmoqda. Aks holda Ronaldu kelasi yozda klubini o'zgartiradi.
Eslatib o'tamiz, Ten Xaag joriy mavsum yakunida "Manchester Yunayted"ni boshqaradi. Hozirda u "Ayaks"ni boshqarmoqda.
Ronaldu 2021 yilning yozida «Yunayted»ga qaytdi. “Qizil iblislar” ayni damda APL turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.