Futbolchi kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
"Barselona" "Brentford" vingeri Serxi Kanyosga qiziqish bildirmoqda. Futbolchi ushbu yozda ko'k granataga qo'shilishi mumkin.
"Barselona"ning 25 yoshli tarbiyalanuvchisi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 34 ta o'yinda maydonga tushdi. Brentford vingeri uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Serxi Kanyos va klub o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 14 million yevroga baholamoqda.