Qattiq uzatish.
"Arsenal" keyingi transfer oynasida Usmon Dembeleni sotib olishi mumkin. Bu haqda Britaniya OAVlari xabar bermoqda.
Manbaning qayd etishicha, Dembele Xavi ishonch bildirganiga qaramay, haligacha Kataloniya klubi bilan yangi shartnoma imzolamagan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022-yilning 30-iyuniga qadar tuzilgan.
Dembele joriy mavsumda barcha turnirlarda 28 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi ikkita gol urdi va 11 golga assistentlik qildi.