Va men ish haqini kamaytirishga tayyorman.
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Luis Suares “Barselona”ga qaytish istagini bildirdi. Bu haqda jurnalist Ekrem Qo‘nur yozadi.
Manbaning qayd etishicha, kataloniyaliklardan taklif tushsa, urugvaylik futbolchi maoshini kamaytirishga tayyor. Suares 2014 yildan 2020 yilgacha ko'k-anorranglilar safida o'ynagan. Futbolchi Kataloniya klubi safida 191 ta o‘yin o‘tkazib, 147 ta gol urgan.
35 yoshli hujumchi joriy mavsumda jamoasi safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi 13 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.