Xorvatiyalik futbolchi hali “Inter” bilan yangi shartnoma imzolagani yo‘q.
"Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishich yozgi transfer oynasida APLga o'tishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Nyukasl" qiziqish bildirmoqda.
Perishich va "Inter" o'rtasidagi amaldagi kelishuv 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Xorvatiyalik futbolchi hali milanliklar bilan yangi shartnoma imzolagani yo'q.
Perishich joriy mavsumda jamoasi safida 46 ta o‘yinda maydonga tushdi. Futbolchi 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.