Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Kumanning «Barsa»ga kelishi 1 yilga kechikishi mumkin

Kumanning «Barsa»ga kelishi 1 yilga kechikishi mumkin

Автор: admin

Niderlandiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Ronald Kuman «Barselona»ni qachon boshqarishi mumkinligi haqida gapirdi.
Ma’lumot uchun, murabbiyning milliy jamoa bilan tuzgan shartnomasida «Barselona»dan taklif bo‘lgan taqdirda ketishi mumkinligi haqida band bor. Niderlandiyalik mutaxassis Yevro-2020dan so‘ng «Barselona»ni boshqarishi aytilayotgandi. Lekin koronavirus tufayli chempionatning 2021 yilga qoldirilgani Kumanning ispan klubiga kelishini 1 yilga kechiktirishi mumkin.
«Mening «Barsa»ga ketishim haqidagi band Yevropa chempionatidan so‘ng amalda bo‘ladi. Hech qanday sana qo‘yilmagan. Shuning uchun 2021 yilgi Yevrogacha milliy jamoada qolaman. Hozir bu haqda o‘ylamayapman», – deb Kumanning so‘zlarini keltiradi De Telegraaf.
Eslatib o‘tamiz,  56 yoshli mutaxassis qishda Kataloniya klubidan bo‘lgan taklifni rad etgandi.


102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *