Goal24.uz » Chempionlar ligasi » Chempionlar ligasi finalida "Liverpul" - "Real" hakamlari ma'lum bo'ldi

Chempionlar ligasi finalida "Liverpul" - "Real" hakamlari ma'lum bo'ldi

Автор: admin


Turnirning final o'yini 28 may kuni Parijda bo'lib o'tadi.

“Liverpul” – “Real” o‘rtasidagi Chempionlar ligasi final uchrashuvining bosh hakami fransiyalik referi Kleman Tyurpen bo‘ladi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.

Turpenga uning hamyurtlari Nikolas Danos va Siril Gringor yordam berishadi, Benua Bastyen esa zaxira hakami etib tayinlangan.

VAR tizimi Jerom Bisar tomonidan nazorat qilinadi va Massimiliano Irrati va Filippo Meli yordam beradi.

Qayd etish joizki, joriy mavsumda Turpen 7 ta Chempionlar ligasi o‘yinida qatnashdi, jumladan, “Chelsi” va “Real” o‘rtasidagi chorak finalning birinchi o‘yinini.

O‘tgan yili 39 yoshli fransiyalik Yevropa ligasi finalida xizmat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 28-may kuni Parijdagi “Stad de Frans” stadionida Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tadi.

MANBA: UYEFA RASMIY SAYTI
93   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
uefa chempionlar ligasi chempionlar ligasi yangliklari bugungi kun chempionlar ligasi yangliklari UEFA Superkubogi FIFA klublar o'rtasidagi jahon chempionati