Ammo u Londonda qoladi.
"Vest Xem" "Arsenal" hujumchisi Eddi Nketiyani o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaning qayd etishicha, futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha dastlabki muzokaralarni olib boradi. Biroq hujumchi boshqa jamoalarning takliflariga ham ochiq.
Amaldagi Nketiya shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.