Italiyalik murabbiy o'z jamoasida yarim himoyachini ko'rmoqchi.
"Real" kelasi yozgi transfer oynasida tarkibni kuchaytirish uchun turli variantlarni ko'rib chiqmoqda.
Sport Mediaset xabariga ko'ra, madridliklar Fabian Ruizni 2023 yilning yozida, u erkin agentga aylanganda sotib olishga harakat qiladi.
Manbaning ta'kidlashicha, ispaniyalikning transferi hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelottining shaxsiy tashabbusi.
Joriy mavsumda Ruis “Napoli” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" Fabian Ruisga sovuqqonlik qilgandi.