U Mourino jamoasida o'ynaydi.
"Roma" yarim himoyachisi Lorenso Pellegrini Konferentsiya ligasining so'nggi mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, ushbu yangi klub musobaqasida aynan "Roma" g'olib chiqqandi. "Bo'rilar" Konferentsiya ligasi finalida "Feyenoord"ni mag'lub etishdi.
Pellegrini LK tarkibida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.