Kot-d'Ivuarlik futbolchi Di Mariyaning o'rniga ko'rib chiqilmoqda.
Foot Mercato xabariga ko'ra, "Arsenal" Nikolas Pepedan foydali tarzda qutulish yo'llarini qidirmoqda. Futbolchi London klubida doimiy o'ynamaydi.
Parijda Pepe Anxel Di Mariyaga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda. Argentinalik futbolchi allaqachon klubni tark etgan. Pepening o'zi ham manzarani o'zgartirishga qarshi emas.
Ivuarlik futbolchining transferi 2019 yilda londonliklar uchun rekord bo'ldi. O'shanda klub ijodkor futbolchi uchun 80 million yevro to'lagan.