Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Arsenal" futbolchisiga "Nyukasl", "Napoli" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda

"Arsenal" futbolchisiga "Nyukasl", "Napoli" va "Atletiko" qiziqish bildirmoqda

Автор: admin


Biroq, "Arsenal" frantsiyalik markaziy himoyachi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.

O'tgan mavsumni "Marsel"da ijara asosida o'tkazgan "Arsenal" markaziy himoyachisi Uilyam Saliba bir qator Evropa klublarining qiziqishiga sabab bo'ldi.

Jurnalist Fabris Xokinsning xabar berishicha, 21 yoshli fransiyalik futbolchini "Nyukasl", "Napoli" va "Atletiko" klublari o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Bu kelishuvdagi muammo “Arsenal”ning iqtidorli futbolchi bilan xayrlashishni istamasligida. Oldinroq "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Arteta kelajakda Salibani kutishini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Saliba “Marsel” safida barcha turnirlarda 51 ta o‘yin o‘tkazib, 7 marta ogohlantirish olgan.

Fransiyalik markaziy himoyachi mavsum yakunida Liga 1ning eng yaxshi yosh futbolchisiga aylangani ham etiborga molik.
83   
Добавить комментарий
Ваше имя: *
Наверх
APL angliya chempionati APL turnir jadvali apldagi eng so'ngi yangliklar angliya chempionati
Arsenal haqidagi qaynoq yangiliklari Chelsi haqidagi qaynoq yangiliklari Liverpul haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Yunayted haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester shahri haqidagi qaynoq yangiliklari Manchester Sity haqidagi qaynoq yangiliklari "Tottenxem" klubi haqida malumot Angliya Super kubigi Angilya kubigi Angilya liga kubigi