Milanliklar katta miqdorda pul olishni kutishmoqda.
"Arsenal" yozda "Inter" himoyachisi Federiko Dimarkoni sotib olmoqchi. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaning qayd etishicha, “neradzurrilar” 24 yoshli italiyalik uchun taxminan 20 million funt olishni kutmoqda. Futbolchi o'z klubi bilan birgalikda A Seriya kumush medallari sohibiga aylandi.
Himoyachi joriy mavsum “Inter” safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushdi. Dimarko ettita sermahsul harakati bilan qayd etildi: himoyachi ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.