Klublar ispaniyalik himoyachining transfer summasini kelishib olishlari kerak.
"Chelsi" himoyachisi Markos Alonso yozgi transfer oynasida Ispaniya La Ligasiga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Manba bergan xabarga ko'ra, futbolchi uchun shartnoma shartlarini kelishib olgan 31 yoshli ispaniyalikning xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, «Blaugranas» rahbariyati «ko'klar» bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo'ljallangan Markos uchun katta summa to'lashga tayyor emasligi qayd etilgan.
Shunday qilib, hammasi «Chelsi»ning transfer summasini kamaytirish istagiga bog'liq bo'ladi.
O‘tgan mavsumda Alonso 42 o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.