Italiyalik murabbiy futbol tarixiga kirdi.
“Real” Yevropa Chempionlar Ligasi final uchrashuvida Parijda “Liverpul”ga qarshi maydonga tushdi va minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti uchun bu g'alaba klublar o'rtasidagi eng nufuzli turnirdagi to'rtinchisi bo'ldi.
Bu ko'rsatkich bo'yicha italiyalik mutaxassis rekordchiga aylandi. U avvalroq "Milan" bilan, shuningdek, 13/14 mavsumda "Real" bilan turnirda g'olib chiqqan.
Goal24.uz sayti gol videosi va "Liverpul" - "Real" (0:1) uchrashuvidan olingan sharhni taqdim etdi.