Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «MYU» Obameyang uchun «Arsenal»ga qancha taklif qilayotgani ma’lum

«MYU» Obameyang uchun «Arsenal»ga qancha taklif qilayotgani ma’lum

Автор: admin

Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang mavsum yakunida jamoani tark etishi kutilmoqda, deya yozadi The Sun.
Manbaning yozishicha, gabonlik forvardni «kanonirlar»ning hozirgi holati va yangi mavsum uchun reja va maqsadlari qoniqtirmayapti. Klub yaqinda e’lon qilgan hisobotida so‘nggi yillarda chempionlar ligasida ishtirok etmayotganligi sababli moliyaviy zarar ko‘rganligini ma’lum qilgandi. Joriy mavsumda ham jamoaning natijalari yaxshi emasligi va yirik transferlarni rejalashtirmayotgani bois, Obameyang klubni tark etmoqchi.
«Per-Emerik Obameyang «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin. Keyingi mavsum jamoasi bilan YeCHLda to‘p surishni maqsad qilgan Sulsher yangi transferlar uchun rahbariyatdan ruxsat olgan. Manchesterliklar «Arsenal» forvardi uchun London klubiga 54 million yevro taklif qilgan», - deyiladi manbada.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» APL 29-turidan keyin 40 ochko jamg‘arib, 9-o‘rinda bormoqda. Chempionat bahslarida 17ta gol urgan Obameyang eng yaxshi to‘purarlar qatoridan joy olgan.


110   
Добавить комментарий
Ваше имя: *