Braziliyalik futbolchi yangi jamoa qidiradi.
“Real” safini eng tajribali himoyachi Marselo tark etdi. Faxriy bu haqda "qaymoqranglilar" "Liverpul"ni mag'lub etgan (1:0) Chempionlar ligasi finalidan so'ng malum qildi.
“Bu mening oxirgi o'yinim edi. Bunday ketish - katta baxt”, - deydi Marselo.
Umuman olganda, Marselo "Real" safida 545 ta o'yin o'tkazgan (38 ta gol, 103 ta golli uzatma). Eslatib o‘tamiz, braziliyalik besh (!) marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.