Nemislarga "kanonirlar" kerak emas.
Londonning "Arsenal" klubi o'z darvozaboni Bernd Lenoni kamida 10 million yevroga sotishga rozi bo'ladi. Darvozabonga Lissabon Benfika klubi qiziqmoqda.
Bernd Leno klubning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotdi. Nemis o'tgan mavsumda bor-yo'g'i 8 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol o'tkazib yuborgan. Shuningdek, uchta uchrashuvda darvozabon o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Lenoning "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar tuzilgan. 30 yoshli nemis londonliklar klubida 2018 yilning iyulidan buyon to'p surmoqda.