Futbolchiga "Barselona" ham da'vogarlik qilmoqda.
"Lids" hujumchisi Rafinya "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin. Futbolchi Bruno Fernandes uchun mankunianliklar safiga o'tishni afzal ko'rishi mumkin - futbolchilar Lissabonning "Sporting" jamoasida ma'lum vaqt birga o'ynashgan va bir-birlari bilan do'stona munosabatlarni saqlab qolishgan.
Rafinyaning "Lids" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida tugaydi va braziliyalikning transfer narxi 45 million yevroga baholanmoqda. Avvalroq, futbolchiga asosiy davogar kataloniyalik «Barselona» ekanligi malum qilingandi.
Rafinya o'tgan mavsumda o'z klubi safida 36 ta o'yinda maydonga tushdi. 25 yoshli braziliyalik futbolchi 11 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.