Ular futbolchini yozda taklif qilmoqchi.
Avstriyaning "Zalsburg" klubi hujumchisi Junior Adamu keyingi transfer oynasida APLga o'tishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga “Vest Xem” va “Sautgempton” klublari qiziqish bildirmoqda.
20 yoshli hujumchi joriy mavsum Avstriya Bundesligasida 30 ta o‘yinda maydonga tushdi. Avstriyalik futbolchi yettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portalining xabar berishicha, futbolchining transferi Britaniya klublariga 6 million yevroga tushadi. Adamuning Avstriya klubi bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.