Fransiyalik yarim himoyachi tekinga ketadi.
Korentin Tolisso “Bavariya”ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy bayonot berdi. Futbolchining shartnomasi nihoyasiga yetdi.
Tolisso klubda besh yil o'ynadi. Ko'pincha u rotatsiya o'yinchisi bo'lgan, ammo klub uchun 118 o'yin o'tkazgan. U klub bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqdi va ko'plab ichki sovrinlarni qo'lga kiritdi.
Tolisso uchun asosiy da’vogar – “Lion”.