"Bolg'achilar" yangi darvozabon qidirmoqda.
Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin “Vest Xem”ning nishoniga tushdi. Bu haqda Britaniya matbuoti xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, “bolg‘achilar” Luninni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi. Shartnoma shu yozda yakunlanishi mumkin.
"Vest Xem" Luninni 37 yoshli faxriy Lukash Fabianski o'rniga potensial futbolchi sifatida ko'rmoqda. E'tibor bering, Luninning o'zi o'yin amaliyoti kamligi tufayli "Real"dan ketish istagini yashirmayapti.