"Qizil iblislar" himoya chizig'iga o'yinchini olib kirishga harakat qilmoqda.
"Manchester Yunayted" "Ayaks" himoyachisi Yourrien Timberni sotib olish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Timberning "Tumanli Albion"ga o'tishiga "Ayaks"ning moliyaviy talablari to'sqinlik qilishi mumkin. Amsterdamliklar o'z futbolchisini sotishdan 50 million yevro ishlab olmoqchi.
Qo'shimcha qilamizki, Timberning "Manchester Yunayted"ga o'tishi "Yunayted"ning yangi boshqaruvchisi, yaqin vaqtgacha "Ayaks"ni boshqargan Erik ten Xaag tomonidan talab qilinmoqda.