Braziliyalik o'z uyida o'ynaydi.
"Chelsi" va "Arsenal"ning sobiq futbolchisi Villian yana Evropada o'ynamoqchi. 33 yoshli vinger "Korintians"ni tark etmoqchi. Bu haqda insayder jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarida xabar berdi.
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2023 yilning qishida tugaydi. Futbolchining transfer narxi 5,5 million yevroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi jamoasi safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi. U bitta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.