Futbolchi “Bavariya”ni tark etdi.
Erkin agent maqomida bo'lgan yarim himoyachi Korentin Tolissoga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Britaniya OAVlari yozmoqda.
Manbaning ta'kidlashicha, Mikel Arteta yarim himoya chizig'ini kuchaytirishning turli variantlarini ko'rib chiqmoqda. “Kanonirlar” Tolissodan tashqari Iskoni ham taklif qilish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda – ispaniyalik ham xuddi Korentin kabi erkin agent maqomida.
Korentin Tolisso joriy mavsumda barcha turnirlarda 22 ta o‘yinda maydonga tushdi. 27 yoshli fransiyalik futbolchi 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani ham amalga oshirdi.