31 yoshli futbolchining xizmatlariga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.
Ngolo Kantening "Chelsi"dagi kelajagi noaniq, deya xabar beradi L'Équipe.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik futbolchi bilan bir necha oy davomida yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borilgan, biroq aniq ma’lumotlar yo‘q.
Kantening "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning 30-iyunida tugaydi.
Kante "Chelsi"da baxtli, ammo hozircha hech narsa hal qilinmagan, unga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda. Mish-mishlarga ko'ra, ular orasida "PSJ" va "Manchester Yunayted" ham bor.
Joriy mavsumda Kante barcha turnirlarda 42 ta o‘yin o‘tkazdi: uning hisobida 2 ta gol va 5 ta golli uzatma bor.