Sovrin Real Madrid vakiliga nasib etdi.
Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Chempionlar ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o'tamiz, aynan "Real Madrid" Evropaning eng nufuzli klub turnirida g'olib chiqqan edi. “Blankos” finalda “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Karim Benzema Chempionlar ligasining eng yaxshi merganiga aylandi. Fransuz o'z hisobiga 15 ta gol yozib qo'ydi.