Giallorossi transfer kampaniyasini rejalashtirmoqda.
"Bavariya" yarim himoyachisi Mark Roka "Roma"ning nishoniga tushdi. Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda.
Ushbu transfer "Roma"ga 7 million yevroga tushishi mumkin. “Bavariya” futbolchisiga “Jialorossi”dan tashqari Yevropa ligasi g‘olibi “Ayntraxt” ham da’vogarlik qilmoqda.
Yakunlangan mavsumda Mark Roka Bundesligada 9ta o‘yinda maydonga tushdi va gol urmadi.