Darvin uchun kurashda mankunianliklar yetakchilik qilmoqda.
«Manchester Yunayted» Lissabonning «Benfika» klubi hujumchisi Darvin Nunesni sotib olishga yaqin turibdi. Bu haqda Britaniya matbuoti yozmoqda.
Darvinning transferi “Manchester Yunayted”ga 80 million yevroga tushadi. Erik ten Xaag shaxsan Nunesning xizmatlariga qiziqadi.
Darvin dunyodagi eng istiqbolli hujumchilardan biridir. Hozir u endigina 22 yoshda. O'tgan mavsumda u "Benfika"ga Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqishga yordam berdi va "Enfild"da "Liverpul" darvozasiga gol urdi.