Parijliklar futbolchini 50 million yevroga baholamoqda.
FootMercato xabariga ko'ra, Nabi Keyta boshqa jamoalar bilan ishlash imkoniyatlarini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Futbolchiga jamoadagi asosiy futbolchi maqomi kerak. "Liverpul"da gvineyalik rotatsiya o'yinchisi hisoblanadi.
PSJ yarim himoyachini 50 million yevroga baholamoqda. Shu bilan birga, «Liverpul» yarim himoyachini taxminan 80 million yevroga sotib oldi.
Keytaning britaniyaliklar bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo'ljallangan. Ta'kidlanishicha, Klopp futbolchini qo'yib yuborishga ishtiyoqi yo'q, lekin ayni paytda unga asosiy ijrochi maqomini kafolatlay olmaydi.